Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviaqatnovlar tariflarini real vaqt rejimida kuzatiş va tahlil qiliş uçun RateGain kompaniyasining AirGain platformasini tanladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi yeçim Daromadlarni boşqariş departamenti uçun möljallangan.
Uşbu platforma turli yönalişlarda aviaqatnovlar narxining özgarişini kuzatiş, bozordagi takliflarni tahlil qiliş va tijorat strategiyasiga tezkor tuzatişlar kiritiş imkonini beradi.
Uzbekistan Airways marşrut tarmoği Yevropa, Osiyo, Yaqin Şarq va Şimoliy Amerikadagi 100 dan ortiq yönalişni qamrab oladi.
Parvozlar geografiyasining kengayişi va aviaparkning köpayişi bilan aviakompaniya tarif siyosatini şakllantiriş uçun tobora köproq ma’lumotlarni qayta işlaş zaruratiga duç kelmoqda.
AirGain platformasi aviakompaniyalar veb-saytlari, onlayn agentliklar, metaqidiruv xizmatlari va global bronlaş tizimlaridan ma’lumot töplaydi. Bu mutaxassislarga bozordagi narxlar holati haqida yana-da töliq tasavvurga ega böliş imkonini beradi.
Tizimda sun’iy intellekt asosida işlaydigan vositalar ham mavjud. Ular bozordagi özgarişlarni aniqlaş, raqobatçilarning harakatlarini baholaş va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta işlaşga yordam beradi. Bu esa qölda bajariladigan işlar hajmini qisqartiradi.
Uzbekistan Airways boşqaruvi raisining tijorat va turizm böyiça örinbosari Şuhrat Yodgorovning ta’kidlaşiça, Özbekistonda aviaqatnovlarga bölgan talabning ortişi aviapark va marşrut tarmoğini kengaytirişni taqozo etmoqda.
Uning sözlariga köra, AirGain kompaniyaga har bir yönaliş böyiça bozordagi vaziyatni kuzatiş, talab va taklifdagi özgarişlarga tezroq javob qaytariş imkonini beradi.
RateGain kompaniyasining aviatsiya yönalişi böyiça katta vitse-prezidenti va boş direktori Vinay Varma Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyo örtasidagi transport aloqalarida Markaziy Osiyoning roli ortib borayotganini qayd etdi.
U, şuningdek, platformani joriy etişni Uzbekistan Airways kompaniyasining xalqaro bozordagi iştirokini kengaytiriş rejalari bilan boğladi.
Aviakompaniya RateGain bilan hamkorlikni raqamli infratuzilmani modernizatsiya qiliş va tijorat jarayonlari samaradorligini oşirişning bir qismi sifatida körmoqda.