Özbekiston

Koreya elçixonasi videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirladi

Koreya elçixonasi videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirladi
Koreya elçixonasi videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirladi / Foto: Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi sun’iy intellekt va iqlim özgarişi mavzulariga bağişlangan Digital Global Campaign 2026 videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirladi. Bu haqda Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi.

Taqdirlaş marosimi 17 noyabr kuni bölib ötdi. Tanlovda Özbekistonning 16 yoşdan 35 yoşgaça bölgan fuqarolari iştirok etdi.

Tanlov Koreya Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan 2026 yilda taşkil etilgan YouthFULL Tomorrow raqamli xalqaro kampaniyasi doirasida ötkazildi.

Iştirokçilar ikki mavzudan biri böyiça videoroliklar taqdim etdi: «Yoşlar va sun’iy intellektni rivojlantiriş» yoki «Iqlim inqirozi va yoşlar harakatlari».

Elçixona va sohaviy taşkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tanlov işlarini baholab, uç nafar ğolibni aniqladi.

Birinçi örinni Xonzoda Abdurahmonova egalladi. Birinçi va ikkinçi örin sohiblariga Galaxy Tab planşetlari topşirildi.

Uçinçi örin ğolibi esa çangyutgiç bilan taqdirlandi.

Koreya elçixonasi ommaviy diplomatiya sohasidagi turli taşabbuslar orqali Özbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşni davom ettiriş niyatida ekanini bildirdi.

 

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.