Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Lyuksemburgning Cargolux Airlines aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam yuk reyslarini amalga oşiriş uçun ruxsat oldi. Parvozlar Navoiy xalqaro aeroportiga B747F rusumli yuk samolyotlarida bajariladi. Bu haqda “Özaviatsiya” agentligi xabar berdi.
Lyuksemburgning Cargolux Airlines aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam yuk reyslarini amalga oşiriş uçun ruxsat oldi. Parvozlar Navoiy xalqaro aeroportiga B747F rusumli yuk samolyotlarida bajariladi. Bu haqda “Özaviatsiya” agentligi xabar berdi.
Reyslarni amalga oşiriş uçun ruxsatni “Özaviatsiya” agentligi berdi. Gap Lyuksemburg va Özbekiston örtasidagi muntazam yuk taşuvlari haqida bormoqda.
Cargolux Airlines International S.A. — yuk havo taşuvlariga ixtisoslaşgan Lyuksemburg aviakompaniyasi. Uning boş qarorgohi va asosiy aeroporti Lyuksemburgda joylaşgan.
Özbekistonga parvozlarni amalga oşiriş uçun kompaniya B747F rusumli havo kemalaridan foydalanadi. Ular Boeing 747 samolyotlarining yuk taşişga möljallangan versiyasi hisoblanadi.