Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Şvetsiya, Norvegiya va Daniya iş beruvçilariga öz fuqarolarini xorijda kasbiy tayyorlaş va uyuşgan holda işga joylaştiriş imkoniyatlarini taqdim etdi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Forum Şvetsiyada bölib ötdi. Uning taşkilotçilari sifatida Özbekistonning uşbu mamlakatdagi elçixonasi va Migratsiya agentligi iştirok etdi.
Tadbirda Şimoliy Yevropaning uçta mamlakatidagi iş beruvçilar uyuşmalari va kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillari, şuningdek, Şvetsiyada istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolari qatnaşdi.
Iştirokçilarga Özbekistondagi kasbiy va til tayyorgarligi tizimi haqida ma’lumot berildi. Ta’lim dasturlarini xorijiy iş beruvçilar talablariga moslaştiriş hamda özbekistonliklarni çet elda uyuşgan holda işga joylaştiriş mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Taqdim etilgan imkoniyatlar iş beruvçilarda qiziqiş uyğotdi. Uçraşuv yakunida tomonlar Şvetsiya iş beruvçilari uyuşmalari bilan hamkorlikda Özbekistonda ham şunday forum ötkazişga kelişib oldi.
Tadbir doirasida Şvetsiyada istiqomat qilayotgan özbekistonliklar bilan ham uçraşuv taşkil etildi.
Ular öz takliflarini bildirib, duç kelayotgan muammolari haqida sözlab berdi. Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarda iştirok etiş uçun töplagan bilim va kasbiy tajribalarini işga solişga tayyor ekanliklarini bildirdi.