Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Singapur farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, ilmiy tadqiqotlar hamda ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Özbekiston Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov Singapurning ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari — A*STAR vakili doktor I Çjen hamda Nanyan texnologik universiteti (NTU) professori Kerolayn Li bilan uçraşdi.
Tomonlar qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va akademik aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muzokaralarda tajriba almaşiş, malakali mutaxassislar tayyorlaş, şuningdek, aniq tibbiyot, genomika va bioinformatika sohalarida zamonaviy tadqiqot usullarini joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralardan söng delegatsiya vakillari BioPharma City klasteri infratuzilmasi va asosiy loyihalari bilan tanişdi. Ularga Özbekistonda farmatsevtika işlab çiqarişi, ilmiy tadqiqotlar va klinik işlanmalarni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar ham taqdim etildi.
Bundan taşqari, mehmonlar Farmatsevtika texnika universitetiga (PTU) taşrif buyurib, uning ta’lim dasturlari va ilmiy faoliyat yönalişlari bilan tanişdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni işlab çiqiş, şuningdek, ikki mamlakat universitetlari hamda tadqiqot muassasalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça keyingi qadamlarni körib çiqdi.