7
Iqtisod

O‘zbekiston investorlar uchun 128 ta neft-gaz blokini tayyorladi

O‘zbekiston investorlar uchun 128 ta neft-gaz blokini tayyorladi
O‘zbekiston investorlar uchun 128 ta neft-gaz blokini tayyorladi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston mamlakatning turli hududlarida joylashgan 128 ta neft-gaz blokini xorijiy investorlarga taklif etish uchun tayyorladi. Ularning prognoz resurslari 5,8 trln kub metr gaz va 560 mln tonna suyuq uglevodorodni tashkil etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni investorlar bilan ochiq muloqot davomida maʼlum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, neft-gaz sohasida geologik qidiruv ishlari, amaldagi konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlik kengaymoqda.

Hozirgi vaqtda Ozarbayjonning Davlat neft kompaniyasi SOCAR va Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi ishtirokida Ustyurt mintaqasidagi oltita investitsiya blokida geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda. Mamlakatning boshqa hududlaridagi yana 128 ta blok esa xorijiy hamkorlarga taklif etish uchun tayyorlangan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu imkoniyatlarni amalga oshirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezonlar bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.