Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniyaning Teçnoseeds kompaniyasi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda uruğlik kartoşka yetiştiriş loyihasini yölga qöyiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Jamşid Abduzuxurov Teçnoseeds kompaniyasi boş direktori Muhammad Yosin bilan uçraşuv ötkazdi. Tomonlar mahalliy uruğlik kartoşka işlab çiqariş hajmini kengaytiriş hamda raqamli boşqaruv tizimlarini joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Teçnoseeds töqima kulturasi va aeroponika texnologiyalaridan foydalangan holda viruslardan xoli uruğlik kartoşka yetiştirişga ixtisoslaşgan. Kompaniyaning Iordaniyadagi işlab çiqariş quvvatlari yiliga 4,5 million donagaça mini-tugunak kartoşka yetiştiriş imkonini beradi.
Uçraşuvda Özbekistonda dastlabki pilot loyihani amalga oşiriş imkoniyati muhokama qilindi. Şuningdek, mahalliy şaroitlarni hisobga olgan holda texnologiyalarni sinovdan ötkaziş va uruğlik kartoşka işlab çiqarişning töliq zanjirini yaratiş masalalari körib çiqildi.
Muzokaralar yakunida iştirokçilar pilot loyiha uçun istiqbolli maydonlarni belgilaş, mahalliy ilmiy muassasalar va işlab çiqaruvçilarni hamkorlikka jalb etişga kelişib oldi. Bundan taşqari, raqamli monitoring tizimlarini joriy etiş böyiça amaliy çoralarni işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Vazirlikda ta’kidlanişiça, mazkur hamkorlik sifatli uruğlik kartoşka işlab çiqariş hajmini oşirişga va tarmoqda zamonaviy texnologiyalardan kengroq foydalanişga xizmat qilişi mumkin.