Iqtisod

Tojikistondagi elektr uzatiş tarmoğidagi avariya Farğona vodiysiga elektr ta’minotida uzilişlarga sabab böldi

Tojikistondagi elektr uzatiş tarmoğidagi avariya Farğona vodiysiga elektr ta’minotida uzilişlarga sabab böldi
Tojikistondagi elektr uzatiş tarmoğidagi avariya Farğona vodiysiga elektr ta’minotida uzilişlarga sabab böldi / Foto: Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Tojikiston hududidan ötuvçi L-503 elektr uzatiş tarmoğida yuz bergan avariya sababli Özbekistonning Farğona vodiysida elektr ta’minoti vaqtinça çeklanadi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Avariyaviy öçiş 19 noyabr kuni soat 06:19 da sodir bölgan. Kuçlanişi 500 kV bölgan mazkur tarmoq Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi hududlariga elektr energiyasini uzatişni ta’minlaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, noqulay ob-havo şaroiti tufayli murakkab relyefli adirlik hududda joylaşgan tarmoq tayançlaridan biri qulab tuşgan. Şundan söng avtomatik himoya tizimi işga tuşgan va L-503 tarmoği orqali elektr energiyasini uzatiş vaqtinça töxtatilgan.

Uşbu uziliş ayrim iste’molçilarning elektr ta’minotida uzilişlarga olib kelgan.

Hodisa joyiga «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi vakillari rahbarligida mutaxassislar va avariya-tiklaş brigadalari yuborilgan. Avariya oqibatlarini bartaraf etiş va elektr uzatiş tarmoğini tiklaş işlari Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Energetika vazirligi ta’mirlaş-tiklaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtinça çeklanişini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, mintaqa boşqa elektr uzatiş tarmoqlari orqali ham elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Jumladan, Farğona viloyati Toşkent viloyatidan çiquvçi va Yangi-Angren IESdan elektr energiyasini uzatişni ta’minlovçi 500 kV kuçlanişli L-524 tarmoğiga ham ulangan.

Energetika vazirligi vaziyatni nazoratga olganini, uzilişlarni tezroq bartaraf etiş va barqaror elektr ta’minotini tiklaş böyiça çoralar körilayotganini ma’lum qildi. Vazirlik tiklaş işlarining borişi va elektr energiyasi yetkazib berişdagi özgarişlar haqida qöşimça axborot berib borişini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.