Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda banklarning naqd pul bilan işlaşini taşkil etişning yangi tartibi tasdiqlandi. Yöriqnoma Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 17 noyabrda 3977-son bilan röyxatdan ötkazildi.
Hujjat banklarni naqd pul bilan ta’minlaş, aholi va tadbirkorlarga pul beriş, banknot va tangalarni muomalaga çiqariş, şuningdek, naqd pul mablağlarini kredit taşkilotlari örtasida taqsimlaş qoidalarini belgilaydi.
Banklar örtasida naqd pul taqsimoti elektron şaklda amalga oşiriladi. Ortiqça naqd pul mablağlariga ega banklar ularni «Naqd pul mablağlarining elektron maydonçasi» dasturiy majmuasi orqali boşqa kredit taşkilotlariga taklif qilişi mumkin. Naqd pulga ehtiyoji bölgan banklar esa elektron buyurtmalar yuboradi.
Banklar örtasida pul mablağlarini yetkazib beriş inkassatsiya xizmatlari orqali amalga oşiriladi.
Banklar naqd pulga bölgan ehtiyojni oldindan prognoz qilişi şart. Naqd pul tuşumi va berilişi böyiça oylik prognozlar tegişli oy boşlanişidan kamida uç bank iş kuni oldin elektron şaklda taqdim etilişi lozim.
Yöriqnomada muomalaga çiqariladigan banknot va tangalarga nisbatan talablar ham belgilangan. Pul belgilarining yuz tomonida nominali raqamlar bilan, Markaziy bank nomi, dizayn va namuna tasdiqlangan yil, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi yoki davlat bayroğining tasviri körsatilişi kerak.
Bundan taşqari, pul belgilari qalbakilaştirişdan himoya qiluvçi elementlarga ega bölişi, ularni oson tanib oliş uçun ölçami va rangi bilan bir-biridan farq qilişi lozim.
Banknotlarda seriya va raqam, nominalning söz bilan yozilgan ifodasi, ular barça turdagi tölovlar uçun majburiy qabul qilinişi haqidagi yozuv hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi ogohlantiriş ham bölişi şart.
Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati va qadriyatlari, buyuk olimlar hamda mamlakat erişgan yutuqlarni aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniş mumkin. Barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida bölişi kerak.
Pul belgilarini tayyorlaşda inson salomatligi uçun xavfsiz materiallar va zamonaviy himoya elementlaridan foydalanilişi şart.
Hujjat aholi va tadbirkorlarning naqd pul mablağlaridan foydalaniş imkoniyatini kafolatlaşni ham nazarda tutadi. Banklar mijozlarning talabiga köra, ularning hisobvaraqlaridagi mablağlar doirasida pul yeçib oliş böyiça sörovlarini uzluksiz qondirişi şart.
Şuningdek, kredit taşkilotlari muomalada bölgan naqd pullarni nominal qiymati böyiça tösiqsiz qabul qilişi lozim.
Bankomatlarning uzluksiz işlaşini ta’minlaş maqsadida banklar mijozlar ehtiyojlari va qurilmalardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qilib boradi. Naqd pul tanqisligi yuzaga kelişi prognoz qilingan taqdirda, qöşimça mablağlarni jalb qiliş çoralarini körişi kerak.
Markaziy bank va tijorat banklari bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi banknot yoki tangalarga bepul, heç qanday haq va komissiya undirmasdan almaştirişi şart.
Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişi haqida aholi kamida bir hafta oldin xabardor qilinişi lozim.