Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Germaniyaning Fraunhofer IPK instituti Navoiy viloyatida maşinasozlikni rivojlantiriş hamda mahsulotlar eksportini kengaytiriş böyiça loyihalarni işlab çiqişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
18 noyabr kuni vazirlikda hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi. Unda vazir örinbosari Umid Abidxadjayev, Fraunhofer IPK instituti direktori vazifasini bajaruvçi Xolger Kol va Project M Foundation raisi Mayk de Vris iştirok etdi. Uçraşuv yakunida tomonlar niyatlar töğrisidagi memorandumni imzoladi.
Hamkorlik yönalişlaridan biri mahalliy maşinasozlik va avtomobilsozlik korxonalarining imkoniyatlarini baholaş, import qilinadigan butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş hamda Yevropa sanoat buyurtmaçilari bilan aloqalarni rivojlantirişdan iborat böladi.
Vazirlik Navoiy viloyatining tanlanişini uning sanoat tarmoqlari tarkibi bilan izohladi. Hudud sanoat işlab çiqarişining 77 foizi metallurgiya va toğ-kon sanoati hissasiga töğri keladi. Uşbu korxonalar maşina, uskuna va ehtiyot qismlarga bölgan talabni şakllantiradi.
Şu bilan birga, mahalliy maşinasozlik kompaniyalari avtomobil sanoati uçun kiçik butlovçi qismlar va yuqori aniqlikdagi mexanik detallar işlab çiqariş salohiyatiga ega. Hamkorlikdan közlangan maqsad — uşbu imkoniyatlarni yangi mahsulotlar, real sanoat buyurtmalari va xalqaro işlab çiqariş zanjirlarida iştirok etişga aylantiriş.
Memorandum beşta yönaliş böyiça iş olib borişni nazarda tutadi. Birinçi yönaliş kamida beşta mahalliy maşinasozlik va avtomobilsozlik korxonasining texnologik imkoniyatlarini baholaş hamda ularni Yevropa sanoat xaridorlari talablariga tayyorlaşni qamrab oladi.
Ikkinçi yönaliş import qilinadigan ehtiyot qismlar va avtomobil komponentlarini mahalliylaştiriş böyiça texnologik hamda investitsiya yeçimlarini işlab çiqişga qaratilgan. Uçinçi yönaliş esa Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilari va boşqa sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, jumladan, Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganişni nazarda tutadi.
Şuningdek, Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti huzurida innovatsiyalar institutini taşkil etiş imkoniyatini örganiş rejalaştirilgan. Alohida yönaliş sifatida Toşkent arxitektura-quriliş universiteti iştirokida akademik va texnik hamkorlikni rivojlantiriş ham belgilangan.
Beşinçi yönaliş mahalliy işlab çiqaruvçilarning xalqaro bozorlarga çiqişiga kömaklaşiş, salohiyatli xaridorlar bilan aloqalar örnatiş va pilot buyurtmalarni işlab çiqişni nazarda tutadi.
Keyingi bosqiç sifatida Navoiy viloyatining beş yillik aqlli ixtisoslaşuv strategiyasini (Smart Specialisation Strategy) va 24 oylik amaliy harakatlar rejasini işlab çiqiş taklif etildi. Bundan taşqari, yirik sanoat buyurtmaçilarining ehtiyojlarini mahalliy işlab çiqaruvçilar imkoniyatlari bilan boğlaydigan raqamli muhandislik platformasini yaratiş masalasi ham körib çiqildi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, Fraunhofer — yillik byudjeti 3,6 milliard yevro va 30 mingdan ortiq mutaxassisdan iborat ştatiga ega Germaniya amaliy tadqiqotlar tarmoğidir.
Vazirlik xabar berişiça, Fraunhofer IPK instituti avtomobil sanoati uçun ilğor işlab çiqariş texnologiyalarini rivojlantiriş loyihalarida iştirok etgan hamda Braziliyada 25 ta sanoat innovatsiyalari institutini taşkil etişga kömaklaşgan.
Imzolangan memorandum taşabbuslarni birgalikda işlab çiqiş va ularni amalga oşirişning taşkiliy mexanizmlarini kelişib oliş uçun asos yaratadi.