Iqtisod

Farğonada Agro Vision agrotexnologiyalari joriy etiladi

Farğonada Agro Vision agrotexnologiyalari joriy etiladi
Farğonada Agro Vision agrotexnologiyalari joriy etiladi / Foto: Farğona viloyat ma’muriyati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati va Turkiyaning Agro Vision kompaniyasi qişloq xöjaligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça qöşma loyihani amalga oşiriş imkoniyatlarini örganişga kelişib oldi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toşkentda bölib ötayotgan Özbekiston-Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş kengaşining birinçi yiğilişi doirasida kompaniya direktori Murat Balliktaş bilan uçraşdi.

Agro Vision kompaniyasi öğitlar, ösimliklarni himoya qiliş vositalari va uruğlar işlab çiqariş hamda import qilişga ixtisoslaşgan. Şuningdek, kompaniya ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ham şuğullanadi.

Tomonlar zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, tuproq unumdorligi va qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Şuningdek, ekologik jihatdan xavfsiz mahsulotlar yetiştiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

Murat Balliktaş Farğona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşirişga qiziqiş bildirib, qöşma taşabbusni yölga qöyişni taklif qildi.

Xayrullo Bozorov uşbu taklifni qöllab-quvvatlab, qişloq xöjaligida innovatsiyalarni joriy etiş, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, mahsulot tannarxini pasaytiriş hamda hosildorlikni oşirişda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyatini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar loyihani batafsil örganiş, dastlabki pilot sinovlarini ötkaziş, hamkorlikning aniq yönalişlarini belgilaş va investitsiya taşabbusini bosqiçma-bosqiç amalga oşirişga kelişib oldi. Şuningdek, hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.