Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyaning Malaysia Airlines aviakompaniyasi 2026 yil dekabridan 2027 yil fevral oyigaça Langkavi va Toşkent örtasida mavsumiy töğridan-töğri çarter reyslarini yölga qöyişni rejalaştirmoqda.
Parvozlar dasturi 2026 yil 5 dekabrdan 2027 yil 6 fevralgaça bölgan davrni qamrab oladi. Langkavi — Toşkent — Langkavi yönalişi böyiça reyslarni haftasiga bir marta, şanba kunlari amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Töğridan-töğri aviaqatnovlarning yölga qöyilişi Özbekiston va Malayziya örtasidagi turistik safarlar imkoniyatlarini kengaytiradi.
Malaysia Airlines Malayziyaning milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning parvozlar tarixi 1947 yildan boşlanadi.
Aviakompaniya Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida joylaşgan bölib, oneworld global aviatsiya alyansi tarkibiga kiradi. Uning havo kemalari parki Boeing va Airbus kompaniyalariga tegişli taxminan 90 ta samolyotdan iborat.
Aviakompaniyaning yönalişlar tarmoği Osiyo, Yevropa, Avstraliya va Yaqin Şarqdagi manzillarni qamrab oladi.