7
Moliya

XVJ Özbekistonning 2026 yilda oltin eksporti prognozini pasaytirdi

XVJ Özbekistonning 2026 yilda oltin eksporti prognozini pasaytirdi
XVJ Özbekistonning 2026 yilda oltin eksporti prognozini pasaytirdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondan 2026 yilda oltin eksporti hajmi Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) kutganidan past böldi. Bu joriy hisoblar defitsiti prognozining YAIMga nisbatan 3,2 foizdan 5,1 foizgaça qayta körib çiqilişiga sabab bölgan omillardan biri böldi. Bu haqda XVJning Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze ma’lum qildi.

U Markaziy bankda jamğarmaning mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida sözga çiqdi.

«Asosiy sabab — iqtisodiyotdagi talab juda yuqori bölgani fonida importning sezilarli darajada ösişidir. Şu bilan birga, oltin eksporti biz kutganimizdan past böldi va bu muayyan savollarni keltirib çiqardi», — dedi Gvenetadze.

Uning sözlariga köra, joriy hisoblar defitsitining kengayişi mamlakatning taşqi iqtisodiy holati barqarorligini yöqotganini anglatmaydi. XVJ 2027 yilda defitsit YAIMga nisbatan 4,6 foizgaça qisqarişini kutmoqda.

Oltin Özbekiston uçun valyuta tuşumlari va byudjet daromadlarining muhim manbalaridan biri bölib qolmoqda. Gvenetadze ta’kidlaşiça, metall narxi eng yuqori çöqqi darajasiga yetmagan bölsa-da, yetarliça yuqori darajada saqlanib turibdi va byudjetga qöşimça tuşumlarni ta’minlamoqda.

Şu munosabat bilan XVJ byudjet balansini foydali qazilmalar, jumladan, oltin qazib olişdan tuşadigan daromadlarni hisobga olmagan holda tahlil qilişni tavsiya etmoqda. Bunday körsatkiç byudjetning xomaşyo daromadlariga boğliqligini hisobga olgan holda davlat moliyasining holatini baholaş imkonini beradi.

Jamğarma, şuningdek, oltin narxining yuqoriligi tufayli olinayotgan qöşimça tuşumlarni davlat xarajatlarini oşirişga emas, balki jamğarişga yönaltirişni tavsiya qilmoqda.

XVJ metall narxining yuqoriligini Özbekistonning iqtisodiy istiqbollarini yaxşilaşi mumkin bölgan omillar qatoriga kiritmoqda. Biroq jamğarma qulay narx konyunkturasi qança davom etişi borasida noaniqlik mavjudligiga e’tibor qaratmoqda.

«Bu holat yuz berayotgani yaxşi, ammo bu qança davom etişini bilmaymiz», — dedi Gvenetadze.

Şu bilan birga, Özbekistonning oltin hisobga olinmagan holdagi eksporti ösişni namoyon etmoqda. Markaziy bank raisining örinbosari Nodirbek Açilov ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida oltindan taşqari eksport hajmi 32 foizga oşgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.