Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Eksim xoldingi Farğona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqadi. Tomonlar aniq taşabbuslarni birgalikda işlab çiqişga kelişib oldi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toşkentda bölib ötayotgan Özbekiston-Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş kengaşining birinçi yiğilişi doirasida xolding vakili Nejat Tur bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Eksim xoldingining energetika, oziq-ovqat sanoati, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va boşqa yönalişlardagi faoliyati muhokama qilindi. Tomonlar, şuningdek, Farğona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Xayrullo Bozorov xorijiy investorlar uçun viloyatda yaratilgan şaroitlar, hududning sanoat va iqtisodiy salohiyati, şuningdek, investitsiya taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş çoralari haqida ma’lumot berdi.
Xolding vakili hududning investitsiyaviy imkoniyatlariga qiziqiş bildirib, özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini ma’lum qildi.
Muzokaralar yakunida aniq investitsiya loyihalarini birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.