Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik qariyb 200 nafar fermerdan iborat delegatsiya Xitoyning Ninsya-Xuey muxtor rayonidagi Ningxia Jiubeier Agricultural Development Co., Ltd. kompaniyasining zamonaviy majmuasiga taşrif buyurib, sut çorvaçiligini raqamlaştiriş tajribasi bilan tanişdi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Delegatsiya Xitoyga Özbekiston Savdo-sanoat palatasi boşçiligida borgan. Taşrif davomida iştirokçilar sut çorvaçiligida zamonaviy işlab çiqariş texnologiyalari va raqamli boşqaruv tizimlarini joriy etgan korxona faoliyatini örgandi.
Fermerlar boşqaruvi 5G texnologiyalari yordamida amalga oşiriladigan «aqlli ferma» faoliyati bilan tanişdi.
Raqamli tizimlar hayvonlarni saqlaş, oziqlantiriş va soğiş jarayonlarini, şuningdek, ularning salomatligi va mahsuldorligini kuzatişni qamrab oladi.
Majmua 3 ming boş qoramolni saqlaşga möljallangan. Uning sut işlab çiqariş quvvati sutkasiga 48–50 tonnani taşkil etadi.
Fermada Şvetsiyaning DeLaval kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan 16 ta V300 robotlaştirilgan soğiş tizimi örnatilgan. Hayvonlarni oziqlantiriş jarayoni ham avtomatlaştirilgan. Har bir hayvonning salomatligi va sut mahsuldorligi körsatkiçlari raqamli tizimlar yordamida kuzatib boriladi.
Korxona çorvaçilik çiqindilarini yiğiş va qayta işlaş texnologiyalarini ham joriy etgan. Ular organik öğitlar işlab çiqariş, oqova suvlarni tozalaş va ulardan qayta foydalanişni nazarda tutadi.
Taşrif özbekistonlik fermerlarga sut çorvaçiligida raqamli texnologiyalar, avtomatlaştiriş va resurslarni tejovçi yeçimlarni amaliyotda qöllaş tajribasi bilan tanişiş imkonini berdi.