O‘zbekiston

O‘zbekiston va AEXA kafolatlar kelishuvi ijrosini muhokama qildi

O‘zbekiston va AEXA kafolatlar kelishuvi ijrosini muhokama qildi
O‘zbekiston va AEXA kafolatlar kelishuvi ijrosini muhokama qildi / Foto: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi axborot xizmati..

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) mamlakatning Kafolatlar to‘g‘risidagi bitim va unga qo‘shimcha protokol doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar AEXA Bosh konferensiyasining 70-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi rahbariyati AEXA Bosh direktori o‘rinbosari, Kafolatlar departamenti rahbari Massimo Aparo bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekistonning AEXA bilan hamkorligini yana-da mustahkamlash, shuningdek, yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish (YAMHOQ) masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda hisobot berish tizimini optimallashtirish hamda tegishli sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.