Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Kamoliddin Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Tegishli farmonni O‘zbekiston Prezidenti imzoladi.
Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan u ushbu vazifadan ozod etildi.
Prezidentning iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida Mardonov Obid Hakimovning o‘rnini egalladi.
Hakimov, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu bilan birga, u «Yangi O‘zbekiston» universiteti rektori etib tayinlandi hamda Prezidentning iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.