O‘zbekiston

Qashqadaryoda oilaning ikkinchi farzandi qarindoshlariga topshirildi

Qashqadaryoda oilaning ikkinchi farzandi qarindoshlariga topshirildi
Qashqadaryoda oilaning ikkinchi farzandi qarindoshlariga topshirildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatida to‘rt yoshli qizchaning halok bo‘lishidan so‘ng oilaning ikkinchi farzandi yaqin qarindoshlarining qaramog‘iga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qaror bolaning xavfsizligi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida qabul qilindi.

Ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari bolaning holati va mavjud xavf omillarini baholamoqda. Shuningdek, bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur psixologik yordam olmoqda.

Yashash joyi o‘zgargani munosabati bilan taʼlimning uzluksizligini taʼminlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, bolaga nisbatan ijtimoiy keys ochilib, uning asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning individual rejasi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 sentyabr kuni Qasbiy tumanida to‘rt yoshli qizcha o‘gay onasi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi mojaro vaqtida boshidan og‘ir jarohat olgan. Bolalar ombudsmani maʼlumotiga ko‘ra, o‘gay ona bolani urgan, shundan so‘ng qizcha shu kuni vafot etgan.

Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘limga olib kelgan qasddan sog‘liqqa zarar yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan.

30 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 97-moddasi — «Qasddan odam o‘ldirish» bo‘yicha qayta kvalifikatsiya qildi. Dastlabki tergovni olib borish viloyat prokuraturasiga topshirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.