«Oʻzavtosanoat» uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda mahalliy yigʻilgan 175 374 ta avtomobil sotilgan.
Bozorning qariyb yarmini (46,3%) UzAuto Motors taʼminlagan, yana 31,3% UzAuto Khorezm hissasiga toʻgʻri keladi. Uchinchi oʻrinni ADM Jizzakh (12,4%) egallagan, BYD Uzbekistan Factory esa ulushini 9,7 foizga oshirgan.
Brendlar orasida Chevrolet yetakchi (136 072 ta), modellar reytingida birinchi oʻrinda Cobalt (40 936 ta), undan keyin Damas va Tracker keladi. Asosiy raqamlar — UzDaily infografikasida.