Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qozoğiston va Özbekiston ikki mamlakat örtasida ruxsat etilgan aviaqatnovlar sonini oşirişga kelişib oldi. Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlarining har birida parvozlar soni haftasiga 60 tagaça yetkazilişi mumkin.
Bunday kelişuv Toşkentda bölib ötgan aviatsiya sohasidagi ikki tomonlama muzokaralar davomida erişildi. Muzokaralar «Xitoy – Markaziy Osiyo» (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik böyiça işçi guruh konferensiyasi doirasida ötkazildi. Bu haqda Qozoğiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozoğiston delegatsiyasiga vazirlikning Fuqaro aviatsiyasi qömitasi raisi Saltanat Tompiyeva rahbarlik qildi. Özbekiston tomonidan esa Transport vazirligi Havo transporti boşqarmasi boşliği Jamoliddin Nazarov iştirok etdi.
Muzokaralar iştirokçilari aviaqatnovlarni kengaytiriş, muntazam reyslar çastotasini oşiriş hamda ikki mamlakatning yirik şaharlari örtasidagi aviaparvozlardan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş masalalarini muhokama qildi.
Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlaridan taşqari, tomonlar Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi boşqa yönalişlarda ham ruxsat etilgan parvozlar çastotasini oşirişga kelişib oldi. Amaldagi haftasiga 14 ta reys örniga ularning soni 20 taga yetkaziladi.
Qozoğiston Transport vazirligida ta’kidlanişiça, erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi eng talab yuqori bölgan yönalişlarda taklif etiladigan aviaçiptalar örinlari sonini köpaytiriş imkonini beradi.