Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatining Foriş tumanida kelajakdagi atom elektr stansiyasi yaqinida barpo etilayotgan atomçilar şahrida qariyb 33 ming kişi uçun möljallangan 10 mingga yaqin xonadon quriladi. Şahar ekourbanistika tamoyillari asosida 200 gektar maydonda qad rostlamoqda.
Ayni paytda hududda turar joy binolari va infratuzilma obyektlari qurilmoqda. Bu haqda Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi (“Özatom”) xabar berdi.
Ma’lumotlar 22 oktyabr kuni “Özatom” va “Rosatom” davlat korporatsiyasi delegatsiyalarining qöşma işçi taşrifi yakunlari böyiça taqdim etildi. Iştirokçilar integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi maydoni va unga tutaş şahar hududini közdan keçirdi. Ular loyihani amalga oşiriş jarayoni, şahar infratuzilmasini quriş va şaharni barpo etiş böyiça keyingi qadamlarni muhokama qildi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, atomçilar uçun tölaqonli şahar barpo etiş taşabbusini Prezident Şavkat Mirziyoyev dastlabki bosqiçdanoq qöllab-quvvatlagan.
Şaharda energiya tejamkor köp qavatli uylar, maktablar va bolalar boğçalari, soğliqni saqlaş, sport va madaniyat obyektlari, dam oliş maskanlari hamda yaşil hududlar taşkil etiladi. Şahar, birinçi navbatda, yoş mutaxassislar va ularning oilalari uçun möljallangan.
Loyihaning taşqi muhandislik infratuzilmasi ham parallel ravişda qurilmoqda. U 388 kilometr elektr tarmoqlari, 110 kV kuçlanişli podstansiya, 21 kilometr içimlik suvi quvurlari va 120 kilometr texnik suv quvurlarini öz içiga oladi.
Bundan taşqari, 39,5 kilometr avtomobil yöli va 11 kilometr temir yöl quriş közda tutilgan. Uşbu obyektlar atom elektr stansiyasi hamda butun şahar majmuasining işlaşini ta’minlaşi kerak.
Delegatsiyalar AES maydonidagi quriliş va tayyorgarlik işlarining borişi bilan ham tanişdi. Bunda xavfsizlik, işlarning sifati va ekologik standartlarga rioya etilişiga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar uşbu talablarni bajariş loyihaning barça bosqiçlarida ustuvor vazifa bölib qolişini ta’kidladi.
“Özatom” ma’lum qilişiça, şaharda “aqlli” tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari va energiyani saqlaş tizimlari orqali energetik mustaqillikni ta’minlaş rejalaştirilgan. Agentlik loyihani yadroviy texnologiyalar va ekourbanistika tamoyillarini birlaştirgan dunyodagi birinçi atomçilar şahri sifatida ta’riflamoqda.
Hozirda AESdagi asosiy işlar kiçik quvvatli birinçi energoblokni qurişga qaratilgan. Loyiha har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita kiçik quvvatli va har biri 1 000 MVt quvvatga ega ikkita yirik quvvatli energoblok qurilişini nazarda tutadi.
Yirik quvvatli energobloklarning töliq kölamdagi qurilişini 2027 yilda boşlaş rejalaştirilgan. Loyihaviy quvvatiga çiqqandan söng stansiya yiliga 17,2 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.