Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning III çoragida Özbekistonda A toifali omborlarning ijara stavkasi AQŞdagi örtaça körsatkiçdan 22–29 foiz yuqori böldi. Bu haqda IBC Global xalqaro konsalting kompaniyasi tadqiqotida ma’lum qilingan.
2026 yilning III çoragida Özbekistonda A toifali omborlarni ijaraga olişning söralayotgan stavkalari AQŞdagi örtaça körsatkiçlardan 22–29 foiz yuqori böldi. Bu haqda IBC Global xalqaro konsalting kompaniyasi tadqiqotida söz boradi.
Özbekistonda omborlarning yillik ijara haqi bir kvadrat metr uçun 146 dollarni, Qozoğistonda esa 133 dollarni taşkil etdi. Taqqoslaş uçun, CBRE ma’lumotlariga köra, AQŞda örtaça ijara stavkalari 120 dollarga, JLL baholariga köra esa 114 dollarga teng bölgan.
Barça körsatkiçlar qöşilgan qiymat soliği (QQS) va ekspluatatsiya xarajatlarini hisobga olmagan holda keltirilgan.
Bozorlarni taqqoslaş uçun IBC Global Özbekiston va Qozoğiston böyiça öz ma’lumotlaridan, şuningdek, AQŞ bozori yuzasidan CBRE, JLL va NAI James E. Hanson tadqiqotlaridan foydalangan. Amerikadagi ijara stavkalari bir yilda bir kvadrat metr uçun dollar hisobida qayta hisoblangan.
IBC Global boşqaruvçi hamkori Stanislav Ahmedzyanovning ta’kidlaşiça, Özbekiston va Qozoğistonda sifatli ombor binolarini ijaraga oliş Amerika bozoridagi örtaça körsatkiçlarga nisbatan qimmatroq. Şu bilan birga, AQŞning ayrim yirik logistika markazlarida ijara stavkalari bundan ham yuqori.
U, şuningdek, tahlil uçun olingan ma’lumotlar töplamidagi farqlarga e’tibor qaratdi. Özbekiston va Qozoğistonda tahlil faqat A toifali omborlarni qamrab olgan bölsa, AQŞdagi örtaça körsatkiçlarga barça toifadagi sanoat köçmas mulki obyektlari kiritilgan.
AQŞning ayrim logistika markazlarida ijara stavkalari Markaziy Osiyo körsatkiçlaridan yuqori. NAI James E. Hanson ma’lumotlariga köra, Şimoliy Nyu-Jersida A toifali omborlarning yillik ijara haqi bir kvadrat metr uçun 173 dollarni taşkil etgan.
CBRE ma’lumotlariga muvofiq, Kaliforniyadagi Inlend-Empayr hududida bu körsatkiç yiliga bir kvadrat metr uçun 140 dollarga yetgan. Bu Özbekistondagi körsatkiçdan past, ammo Qozoğistondagi ijara stavkasidan yuqori.
Markaziy Osiyoda sifatli ombor köçmas mulki bozori hanuz şakllaniş bosqiçida, biroq u bir maromda rivojlanmayapti.
Özbekistonda ombor maydonlari taklifi hozirça talab ösişidan ortda qolmoqda. Bu esa ijara stavkalarining yuqori darajada saqlanib qolişiga olib kelmoqda. IBC Global qurilişni çeklayotgan omillar qatorida Toşkent aglomeratsiyasida yer uçastkalarining mavjudligi va ularning qiymatini qayd etgan.
Gap ruxsat etilgan foydalaniş turi va muhandislik tarmoqlariga ulaniş imkoniyati nuqtai nazaridan omborlar qurişga mos keladigan yer uçastkalari haqida bormoqda.
Qozoğistonda esa yangi obyektlar qurilişi ijaraçilar uçun raqobatni kuçaytirmoqda.
Kelgusida ijara stavkalarining özgarişi yangi ombor maydonlarini foydalanişga topşiriş sur’atlariga boğliq böladi. Omborlar taqçilligi saqlanib qoladigan bozorlarda talab ijara stavkalarini yuqori darajada uşlab turişda davom etadi. Agar taklif talabga nisbatan tezroq össa, ijara narxlari barqarorlaşişi uçun şaroit yuzaga kelişi mumkin.