Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Smart Carbon va BIZPANDO kompaniyalari bilan qişloq xöjaligi çiqindilarini qayta işlaş, biokömir işlab çiqariş va uglerod kreditlari loyihalarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik qilişga kelişdi.
Kelişuvlar Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan COP31 xalqaro iqlim konferensiyasi doirasida imzolandi.
Xususan, Smart Carbon kompaniyasi bilan birgalikda paxta poyalaridan biokömir işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. BIZPANDO kompaniyasi bilan esa ösimlik qoldiqlarining turli xillarini qayta işlaş va uglerod kreditlari mexanizmlarini rivojlantiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Loyihalar qişloq xöjaligi çiqindilarini piroliz usulida qayta işlaş orqali biokömir olişni nazarda tutadi. Uni tuproq sifatini yaxşilaş va uglerodni uzoq muddat saqlaş maqsadida işlatiş rejalaştirilgan.
Loyiha iştirokçilarining rejasiga köra, bunday taşabbuslar issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga, şuningdek, dalalarda qolib ketadigan ösimlik çiqindilarini iqtisodiy qiymatga ega ikkilamçi xomaşyoga aylantirişga ham xizmat qiladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi ta’kidlaşiça, loyihalar fermerlar uçun qöşimça daromad manbalarini yaratişi va agrar sohada aylanma iqtisodiyot tamoyillarini kengaytiriş imkonini berişi mumkin.
Imzolangan kelişuvlar ekologik jihatdan barqaror işlab çiqarişni rivojlantiriş hamda Özbekistonning xalqaro uglerod kreditlari bozorida iştirok etişi uçun imkoniyatlar yaratişga ham qaratilgan.