Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 24 noyabr kuni Şimkent şahrida Özbekiston va Qozoğistonning sanoat kooperatsiyasi, savdo hamda yangi investitsiya imkoniyatlariga bağişlangan biznes-forumi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Tadbirda ikki mamlakatdan 300 nafardan ortiq vakil iştirok etdi. Ular orasida davlat idoralari, savdo-sanoat palatalari, tarmoq birlaşmalari va yetakçi kompaniyalar vakillari bor edi.
Forum özbekistonlik tadbirkorlarning Qozoğistonga biznes-missiyasi doirasida ötkazildi. Delegatsiyaga Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining örinbosari Şerzod Ibragimov boşçilik qildi.
Iştirokçilarga ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati taqdim etildi va mahsulotlar körgazmasi taşkil etildi. Şuningdek, tadbirkorlar örtasida B2B hamda davlat taşkilotlari va biznes vakillari iştirokida G2B formatlarida uçraşuvlar ötkazildi.
Muzokaralar davomida tomonlar yangi hamkorlarni topiş, özaro mahsulot yetkazib beriş hajmini kengaytiriş va işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil yakunlari böyiça Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 5 mlrd dollarni taşkil etgan.
2026 yil 1 iyul holatiga köra, Özbekistonda Qozoğiston kapitali iştirokidagi 1 307 ta korxona faoliyat yuritgan.
Palatada ta’kidlanişiça, bunday biznes-missiyalar tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga çiqiş, salohiyatli hamkorlar bilan bevosita muloqot qiliş va aniq tijorat kelişuvlariga erişişda yordam beradi.