Iqtisod

Özbekiston Iordaniya kompaniyalariga farmbozorini taqdim etdi

Özbekiston Iordaniya kompaniyalariga farmbozorini taqdim etdi
Özbekiston Iordaniya kompaniyalariga farmbozorini taqdim etdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —  Özbekiston 22 noyabr kuni Ammanda bölib ötgan uçraşuvda öz farmatsevtika bozorining imkoniyatlarini Iordaniya kompaniyalariga taqdim etdi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Davra suhbati Amman Savdo-sanoat palatasida (Amman Çamber of Industry) bölib ötdi.

Unda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov, Iordaniya farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari hamda Iordaniya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qiliş boşqarmasi (JFDA) rahbari Rana Obeydat iştirok etdi.

Uçraşuv iştirokçilariga Agentlikning taşkiliy tuzilmasi, faoliyatining asosiy yönalişlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Iordaniya kompaniyalari vakillari Özbekiston farmatsevtika bozoriga kiriş şartlari va mamlakatda biznesni taşkil etiş masalalariga qiziqiş bildirdi. Şuningdek, ular eksport va import tartib-taomillari böyiça savollar berdi.

Tomonlar ikki mamlakat farmatsevtika kompaniyalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlari hamda özaro manfaatli loyihalarni tayyorlaş masalalarini muhokama qildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.