7
Iqtisod

Özbekiston va Ömon savdo hamda investitsiyalarni kengaytirişni muhokama qildi

Özbekiston va Ömon savdo hamda investitsiyalarni kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston va Ömon savdo hamda investitsiyalarni kengaytirişni muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ömon Masqat şahrida bölib ötgan Hukumatlararo komissiyaning oltinçi yiğilişida özaro savdo, investitsiyaviy hamkorlik va transport aloqalarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Yiğiliş 2026 yil 15 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ömonga davlat taşrifi doirasida bölib ötdi.

Komissiyaga Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Ömon savdo, sanoat va investitsiyalarni rağbatlantiriş vaziri Anvar bin Hilol al-Jabriy hamraislik qildi.

Tomonlar özaro savdo hajmini oşiriş çoralarini körib çiqdi. Ustuvor yönalişlar qatorida preferensial savdo töğrisidagi bitimni tayyorlaş, texnik tösiqlarni bartaraf etiş va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş masalalari belgilandi.

Investitsiya loyihalari va hamkorlikning yangi yönalişlari

Yiğiliş iştirokçilari Özbekiston — Ömon investitsiya kompaniyasi faoliyatini rivojlantiriş masalasini muhokama qildi. Şuningdek, energetika, sanoat, geologiya, quriliş, qişloq xöjaligi va raqamli texnologiyalar sohalaridagi qöşma taşabbuslar körib çiqildi.

Özbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib çiqişda Ömon port infratuzilmasidan foydalaniş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar logistika va yuk aviaqatnovlarini rivojlantiriş masalalarini ham muhokama qildi.

Yiğiliş yakunida bayonnoma imzolandi. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini Özbekistonda ötkaziş rejalaştirilgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.