Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida Özbekistonda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 173,2 trln sömni taşkil etdi.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ötgan yilning mos davriga nisbatan uşbu körsatkiç 14,4 foizga oşgan.
Bunday xizmatlarning eng katta hajmi Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, 29,8 trln sömni taşkil etdi. Hududlar orasida esa Samarqand viloyati 20,5 trln sömlik körsatkiç bilan yetakçilik qildi.
Namangan viloyatida yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 18,2 trln sömga, Farğona viloyatida 16,8 trln sömga, Qaşqadaryo viloyatida esa 15 trln sömga yetdi.
Toşkent viloyatida mazkur xizmatlar hajmi 12,6 trln sömni, Andijon viloyatida 11,5 trln sömni taşkil qildi.
Xorazm viloyatida körsatkiç 9,6 trln sömga, Qoraqalpoğiston Respublikasida 9,1 trln sömga, Buxoro viloyatida esa 8,8 trln sömga teng böldi.
Surxondaryo viloyatida yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 7,3 trln sömni, Navoiy viloyatida 5,6 trln sömni, Jizzax viloyatida 5 trln sömni taşkil etdi. Eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida qayd etildi — 3,4 trln söm.