Shoshilinch
Iqtisod

Özbekiston va Eldridge Industries hamkorlik böyiça yöl xaritasi böyiça kelişib oldilar

Özbekiston va Eldridge Industries hamkorlik böyiça yöl xaritasi böyiça kelişib oldilar
Özbekiston va Eldridge Industries hamkorlik böyiça yöl xaritasi böyiça kelişib oldilar / Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi.

Uchrashuvda AQShning mazkur yetakchi korporatsiyasi bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Xususan, togʻ-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

Muzokaralar yakunida koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

“Eldridge Industries” aktivlarni boshqarish, sugʻurta, koʻchmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvchi AQShning investitsiyaviy xoldingidir. Boshqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.