Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya va protezlaş markazlariga elektron navbat orqali yönaltiriş tartibi belgilandi. Arizalar böş örinlarni hisobga olgan holda şakllantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat 2026 yil 13 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazildi. Reabilitatsiyaga yöllanmalar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali rasmiylaştiriladi.
Nogironligi bölgan şaxs yoki uning qonuniy vakili arizani bir neça usulda topşirişi mumkin. Buning uçun davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoki bevosita oilaviy şifokorga murojaat qiliş mumkin.
Ariza beruvçi reabilitatsiya ötkaziladigan joy va şaklni mustaqil tanlaydi. Xizmatlar hududiy yoki respublika markazida, ambulator yoki statsionar şaroitda körsatilişi mumkin.
Arizani körib çiqiş, yöllanmani rasmiylaştiriş va reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oşiriladi.
Murojaat kelib tuşganidan keyin oilaviy şifokor beş iş kuni içida tibbiy körikdan ötkazişi kerak. Agar 569 ta tibbiy körsatmadan biri aniqlansa va 26 ta qarşi körsatma mavjud bölmasa, şifokor elektron yöllanmani şakllantiradi.
Reabilitatsiyadan ötiş davriyligi nogironlik muddatiga boğliq böladi. Ambulator muolajalar yiliga ikki-uç marta, statsionar reabilitatsiya esa yiliga bir-ikki marta tayinlanadi.
Ariza beruvçilar navbatdagi öz örnini real vaqt rejimida kuzatib borişi mumkin. Navbat kelişiga 10 kun qolganda axborot tizimi SMS-xabarnoma yuboradi.