Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi Özbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismiga qayta tasniflandi. Bu haqda Bola huquqlari böyiça vakil (Bolalar ombudsmani) xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, 2012 yilda tuğilgan jabrlanuvçi qiz 2026 yil 28 sentyabr kuni Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan.
Jinoyat işi 29 sentyabr kuni Özbekiston Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan. Gumonlanuvçi qölga olingan, 30 sentyabr kuni esa sud unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllagan.
9 noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi jinoyat işini Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismiga qayta tasnifladi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Voyaga yetmagan jabrlanuvçining ruhiy holatini tiklaş va uning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari unga psixologik va huquqiy yordam körsatmoqda.
Bolalar ombudsmani öz vakolatlari doirasida jabrlanuvçining protsessual huquqlari ta’minlanişini kuzatib borişini ma’lum qildi.