Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Masqat şahridagi “Al-A’lam” saroyida davlat taşrifi bilan Ömon Sultonligiga kelgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Saroyga yaqinlaşganda, davlatimiz rahbari va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said ötirgan avtomobilni otliq faxriy qorovul kutib oldi va kuzatib keldi.
Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan 21 marotaba tantanali öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarlari şohsupaga kötarildilar. Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Yetakçilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.
Tantanali marosimdan söng saroyda oliy darajadagi uçraşuv boşlandi.