7
Özbekiston

Özbekistonda iş joyida şahvoniy şilqimlik qiliş taqiqlandi

Özbekistonda iş joyida şahvoniy şilqimlik qiliş taqiqlandi
Özbekistonda iş joyida şahvoniy şilqimlik qiliş taqiqlandi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda mehnat va bandlik sohasida şahvoniy şilqimlik qiliş qonun bilan taqiqlandi. Şuningdek, iş beruvçilar zimmasiga bunday xatti-harakatlarning oldini oliş çoralarini köriş majburiyati yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Özgartişlar 2026 yil 13 noyabrdagi ÖRQ-1189-son qonun bilan nazarda tutilgan bölib, unga muvofiq bir qator qonunçilik hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritildi.

Mehnat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, mehnat va bandlik sohasida şahvoniy şilqimlik qilişga yöl qöyilmaydi.

Şahvoniy şilqimlik deganda şaxs uçun nomaqbul bölgan, uning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan jinsiy xususiyatga ega xatti-harakatlar tuşuniladi.

Bunday xatti-harakatlar qatoriga şaxsning taşqi körinişi yoki qomati haqidagi izohlar, imo-işoralar, teginişlar va murojaatlar kiritilgan.

Kiritilgan özgartişlar iş beruvçilar zimmasiga şahvoniy şilqimlikdan xoli bölgan mehnat muhitini yaratiş majburiyatini ham yuklaydi. Buning uçun iş beruvçi barça zarur çoralarni körişi şart.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.