Madaniyat

Özbekiston Milandagi xalqaro körgazmada artefaktlarini namoyiş etdi

Özbekiston Milandagi xalqaro körgazmada artefaktlarini namoyiş etdi
Özbekiston Milandagi xalqaro körgazmada artefaktlarini namoyiş etdi / Foto: Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 5 noyabr kuni Milandagi Fondazione Prada körgazma majmuasida oçilgan Global Antiquity xalqaro körgazmasida muzey kolleksiyalariga oid sakkizta eksponat bilan iştirok etmoqda. Körgazma Örta yer dengizi mintaqasi va Osiyo örtasidagi 1600 yildan ortiq davrni qamrab olgan madaniy almaşinuv tarixiga bağişlangan.

Körgazma kuratorlari sifatida Salvatore Settis, Anna Anguissola va Kyara Ballestrassi iştirok etdi. Uning me’moriy-makoniy yeçimi Rem Kolxas va AMO/OMA byurosi tomonidan işlab çiqilgan. Ekspozitsiyada Yevrosiyo mintaqalari örtasidagi köp asrlik aloqalarni namoyon etuvçi 150 dan ortiq san’at asari va tarixiy artefakt jamlangan.

Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi (ACDF) muzey kolleksiyalaridan sakkizta buyumni taqdim etdi. Ular orasida qadimgi Baqtriyaning badiiy merosini aks ettiruvçi Xalçayandan topilgan şahzoda haykali hamda Afrosiyobdan aniqlangan yettita şaxmat donasi bor.

Uşbu eksponatlar mintaqaning moddiy madaniyatini namoyon etiş bilan birga, tarixiy davrlarda uning aholisi intellektual hayoti rivojlanganidan ham dalolat beradi.

Global Antiquity körgazmasi Milandagi Fondazione Prada majmuasida 2026 yil 5 noyabrdan 2027 yil 1 martga qadar davom etadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.