Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buxoroda 24 oktyabr kuni şaharda ötkazilayotgan Fransiya madaniyati kunlari doirasida fransuz musiqaçilari iştirokida musiqiy keça bölib ötdi.
Konsert tarixiy Kökaldoş madrasasida taşkil etildi. Unda fransuz klarnetçisi, Versaldagi Grand Parc konservatoriyasi direktorining örinbosari Kristof Dravers hamda xalqaro tanlovlar laureati va mazkur konservatoriya öqituvçisi, pianinoçi Paskal Romano iştirok etdi.
Konsert dasturidan Jan-Filipp Ramo, Gabriel Fore, Klod Debyussi va Kamil Sen-Sans kabi maşhur fransuz bastakorlarining asarlari örin oldi.
Tadbir mehmonlari orasida Buxoro viloyatiga taşrif buyurgan sayyohlar ham bor edi. Musiqiy keça ularga Özbekistonning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri bölgan Buxoroning tarixiy merosi bağrida fransuz mumtoz musiqasi bilan tanişiş imkonini berdi.
Mazkur tadbir Buxoro aholisi va mehmonlarini Fransiya madaniyati bilan taniştirişga qaratilgan Fransiya madaniyati kunlari dasturining bir qismi böldi.