Sport

Abdumalik Xalokov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Abdumalik Xalokov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Abdumalik Xalokov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov faoliyatida ikkinchi marta Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. “Ayti-Nagoya–2026” musobaqalarida sportchi 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final jangda Xalokov Janubiy Koreya vakili Dongxvan Kangga qarshi ringga chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi jangni ishonchli o‘tkazib, uchrashuv yakunlariga ko‘ra musobaqa g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa, Abdumalik Xalokov ikkinchi marta Osiyo o‘yinlari chempioni unvonini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadagi navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.