Sport

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi delegatsiyasi 29–30 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.

Tashrif dasturidan qator loyihalar va obyektlar bilan tanishish o‘rin olgan. Ular mamlakatda futbolni ommalashtirish, futbol infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Tomonlar O‘zbekiston futboli rivojiga, yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlashga va ushbu sport turini respublikada yana-da ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratishi rejalashtirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.