Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 59-o‘rinni egalladi.
Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eronga qarshi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining hisobida 6,83 ball qo‘shildi. Bu jamoaga reytingdagi mavqeini yaxshilash imkonini berdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi payshanba kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.