Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi 4,7 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, prokuror yordamchisi fuqarodan avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalani hal etishga ko‘maklashish va 600 million so‘m miqdorida imtiyozli bank krediti olishga yordam berish evaziga 12 ming dollar talab qilgan.
Ushlash tezkor tadbir doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Ichki xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, prokuror yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalani hal etishga ko‘maklashish, shuningdek, 600 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga yordam berish evaziga 12 ming dollar talab qilgan.
Kelishilgan mablag‘ning bir qismi — 4,7 ming dollar olayotgan vaqtida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida u avvalroq ham fuqarodan 1,3 ming dollar olgani aniqlangan.
Ayni vaqtda jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.