Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2027 yil bahorida ikkinchi Global Tech Weekend tadbiriga mezbonlik qiladi. Tadbirni o‘tkazish rejasi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida maʼlum qilindi.
Tashabbusni taqdim etish uchun sahnaga Global Tech Weekend Tashkent hammuassisi Lola Umarova va IT Park Uzbekistan startap-ekotizimni rivojlantirish direktori Farrux Erkinov chiqdi.
Mazkur tadbir O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ikkinchi Global Tech Weekend bo‘ladi. Tashkilotchilar hozircha tadbir dasturi va uni o‘tkazishning aniq sanalarini oshkor qilmagan.
Tadbir mazmuni, formati va o‘tkazilish muddatlari haqida batafsil maʼlumot keyinroq taqdim etiladi.