Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Yaponiya restoran biznesi sohasida işlaş uçun birinçi bosqiçda 40 nafar Özbekiston fuqarosini tayyorlaş böyiça kelişuvga erişdi. Dastur yapon standartlari asosida oşpazlik mahoratini örgatiş va keyinçalik iştirokçilarni Yaponiyada işga joylaştirişni nazarda tutadi.
Mutaxassislarni tayyorlaş va iş bilan ta’minlaş masalalarini Özbekiston Migratsiya agentligi vakillari Yaponiyaning M&K va Yöl Japan LLC kompaniyalari, şuningdek, Kanazawa Professional University of Food Management vakillari bilan muhokama qildi.
Dastur ikki bosqiçdan iborat. Birinçi olti oy davomida iştirokçilar Özbekistondagi “INTIL” markazi va Böstonliq tumanidagi professional ta’lim muassasasi bazasida tahsil oladi. Tayyorgarlik jarayoni yapon tilini örganiş va oşpazlik kasbini egallaşni öz içiga oladi.
Şundan söng ta’lim Yaponiyada yana bir yil davom etadi. Bu bosqiçda iştirokçilar bir vaqtning özida kasbiy ta’lim oliş va işlaş imkoniyatiga ega böladi.
Dastur, şuningdek, Yaponiya davlati tomonidan tan olinadigan oşpazlik litsenziyasini olişga tayyorgarlikni ham nazarda tutadi.
Belgilangan talablarni bajarib, uşbu litsenziyani qölga kiritgan mutaxassislar dunyoning turli mamlakatlaridagi yapon restoranlarida işlaş uçun nomzod bölişi mumkin.
Migratsiya agentligi dastur va röyxatdan ötiş tartibi haqidagi qöşimça ma’lumotlarni tegişli jarayonlar tasdiqlanganidan keyin e’lon qilişini ma’lum qildi.