Iqtisod

Uzbekistan Airways va SQB aksiyalarini 2027–2028 yillarda IPOga çiqariş rejalaştirilmoqda

Uzbekistan Airways va SQB aksiyalarini 2027–2028 yillarda IPOga çiqariş rejalaştirilmoqda
Uzbekistan Airways va SQB aksiyalarini 2027–2028 yillarda IPOga çiqariş rejalaştirilmoqda

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027–2028 yillarda Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi portfelidagi törtta yirik kompaniya va bitta bank aksiyalarini IPO orqali birjaga çiqariş rejalaştirilmoqda. Röyxatdan «Uzbekistan Airways» AJ, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, “Özbekgidroenergo” AJ, “Özbektelekom” AJ hamda “Özsanoatqurilişbank” ATB (SQB) örin olgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Uşbu kompaniyalar aviatsiya, energetika, gidroenergetika, telekommunikatsiya va bank sohalarini ifodalaydi. Ayni paytda ularni transformatsiya qiliş va xalqaro kapital bozorlariga çiqişga tayyorlaş işlari olib borilmoqda.

Milliy investitsiya jamğarmasining özi 2026 yil 18 may kuni IPO ötkazgan. London va Toşkent fond birjalarida jamğarma aksiyalarining 35,45 foizi 692 mln dollarga joylaştirilgan. Davlat byudjetiga 660 mln dollardan ortiq mablağ kelib tuşgan.

Jamğarma aksiyalariga bölgan talab taklif hajmidan tört baravar yuqori bölgan. Xalqaro bozorda talab 2,9 mlrd dollardan oşgan, Toşkent fond birjasida esa 260 mlrd sömdan ziyodni taşkil etgan.

14 oktyabr kuni Toşkentda jamğarma tomonidan Investors Day tadbiri ötkazildi. Unda investitsiya portfellarining umumiy qiymati 2,5 trln dollardan oşadigan 250 nafardan ortiq xorijiy investor iştirok etdi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, iştirokçilarning 40 foizini jamğarmaning amaldagi aksiyadorlari, 60 foizini esa yangi investorlar taşkil etgan.

16 oktyabr kuni Toşkentda Corporate Governance Day 2026 tadbiri bölib ötdi. Unda iştirokçilar jamğarma portfelidagi kompaniyalarda korporativ boşqaruvni takomillaştirişning oltita ustuvor yönalişini belgilab oldilar.

Ular qatoriga MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) asosida sifatli moliyaviy hisobot tayyorlaş, korporativ taqvimga rioya qiliş va KPI körsatkiçlari tizimini qayta körib çiqiş kiradi. Şuningdek, uzoq muddatli moliyaviy modellarni işlab çiqiş, korporativ boşqaruvning asosiy funksiyalarini kuçaytiriş hamda kompaniyalar qiymatini oşiriş strategiyasi ham ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.