Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda sanoat korxonalari soni böyiça oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş sohasi birinçi örinni egallamoqda.
2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, mamlakatda uşbu yönalişda 13,3 mingta korxona faoliyat yuritgan. Bu jami sanoat korxonalarining 20,2 foizini taşkil etadi.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, respublikada jami 66 mingta sanoat korxonasi mavjud bölgan.
Korxonalar soni böyiça ikkinçi örinni boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqariş sohasi egallagan — 9,2 mingta korxona (13,9 foiz). Keyingi örinda 6,8 mingta korxona (10,3 foiz) bilan kiyim-keçak işlab çiqariş sohasi qayd etilgan.
Eng köp tarqalgan sanoat yönalişlari qatoriga, şuningdek, tayyor metall buyumlar işlab çiqariş — 5,4 mingta korxona (8,2 foiz), mebel işlab çiqariş — 4,5 mingta (6,9 foiz) hamda töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş — 4 mingta (6,1 foiz) kirgan.
Yana 3 mingta korxona yoki umumiy sanoat korxonalarining 4,6 foizi rezina va plastmassa buyumlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.