Iqtisod

Özbekiston Xitoydan sitrus mevalari eksport qiluvçilar röyxatini yangiladi

Özbekiston Xitoydan sitrus mevalari eksport qiluvçilar röyxatini yangiladi
Özbekiston Xitoydan sitrus mevalari eksport qiluvçilar röyxatini yangiladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonga sitrus mevalarini eksport qiliş huquqiga ega bölgan Xitoy korxonalari va boğlari röyxati yangilandi.

2026 yil uçun e’lon qilingan qadoqlaş korxonalari röyxatiga Xitoyning törtta provinsiyasi va avtonom hududidan 241 ta kompaniya kiritildi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi ma’lum qildi.

Korxonalarning eng köpi — 129 tasi Szyansi provinsiyasida joylaşgan. Ular Nançan bojxonasi tasarrufiga kiradi. Ularning katta qismi Nanfen uyezdida faoliyat yuritadi.

Yana 99 ta kompaniya Fuszyan provinsiyasining Çjançjou şahar okrugida joylaşgan. Ularning aksariyati Pinxe uyezdida faoliyat körsatadi va Syamen bojxonasi nazorati ostida.

Röyxatdan Sinszyan-Uyğur avtonom hududidagi 11 ta korxona ham örin olgan. Ular orasida Xorgos, Ili-Qozoq avtonom okrugi va Qaşğar hududlarida joylaşgan korxonalar bor. Çjeszyan provinsiyasining Tayçjou şahar okrugida esa ikkita korxona faoliyat yuritadi. Har bir korxonaga röyxatdan ötkaziş raqami berilgan.

Qömita tuşuntirişiça, xalqaro savdoda sitrus mevalari fitosanitariya nazoratidan ötkaziladi. Ular bilan birga boşqa mamlakat hududiga karantin ahamiyatiga ega zararli organizmlar ham kirib kelişi mumkin. Şu sababli eksport qilinadigan mahsulotning kelib çiqişini, saralanişi va qadoqlanişini, şuningdek, fitosanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qiliş muhim hisoblanadi.

Qömita ma’lumotlariga köra, mazkur röyxat import qilinadigan sitrus mevalarining fitosanitariya xavfsizligini ta’minlaş, karantin zararkunandalarining tarqalişining oldini oliş va xalqaro savdo şaffofligini oşirişga xizmat qiladi.

Korxonalarning töliq röyxati qömitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.