Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — «Istanbul Başakşexir» Turkiya futbol çempionati — Trendyol Süper Lig 10-turida öz maydonida “Samsunspor”ni 5:2 hisobida mağlub etdi. Mezbonlar safida Özbekiston vakillari Eldor Şomurodov va Abbosbek Fayzullayev gol kiritdi. Bu haqda «Istanbul Başakşexir» matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv Istanbul şahridagi «Başakşexir Fotih Terim» stadionida bölib ötdi. Eldor Şomurodov 10-daqiqada Branimir Brniçning uzatmasidan keyin hisobni oçdi.
Mehmonlar 22-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Bayo “Başakşexir” darvozaboni Muhammad Şengezerning xatosidan foydalanib, töpni Kulibalining oldiga uzatdi. U esa töpni darvozaga yölladi.
Biroq oradan tört daqiqa ötib, mezbonlar yana oldinga çiqib oldi. Daniyalik Andreas Skova Olsenning zarbasidan keyin töp Tomassondan qaytib, “Samsunspor” darvozasidan joy oldi.
41-daqiqada Emin Bayram burçak töpidan uzatilgan töpni muvaffaqiyatli yakunlab, “Başakşexir”ning ustunligini ikki golga yetkazdi. Jamoalar birinçi bölimni 3:1 hisobida yakunladi.
Ikkinçi bölimda ham mezbonlar hujumlarni davom ettirdi. 75-daqiqada Ba burçak töpi öynalganidan keyin jamoasining törtinçi golini kiritdi. “Samsunspor” 84-daqiqada javob qaytardi: Elayis Tavşan farqni ikki golga qisqartirdi.
Uçraşuvdagi yakuniy hisobni Abbosbek Fayzullayev belgiladi. U qöşib berilgan birinçi daqiqada, ya’ni 90+1-daqiqada gol urib, “Başakşexir”ning 5:2 hisobidagi ğalabasini mustahkamladi.