Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston vakilalari Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Xitoyning Guançjou şahrida bölib ötgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslarida ğolib böldi.
Final uçraşuvida ular Xitoy Taybeyi tennisçilari I-Xsuan Ço va I-Tsen Çoni 7:5, 7:6 (1) hisobida mağlub etdi.
Hal qiluvçi bahs ikki setda yakunlandi. Birinçi setda Kudermetova va Timofeyeva 7:5 hisobida ğalaba qozondi. Ikkinçi setda esa tay-breykda 7:6 (1) hisobida ustun keldi.
Şu tariqa, özbek tennisçilari dueti WTA 250 toifasidagi musobaqaning juftlik bahslarida çempionlikni qölga kiritdi.