Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston sportçilari 22 oktyabr kuni tuşdan keyin Yaponiyada ötkazilayotgan Aiçi-Nagoya 2026 Para Osiyo öyinlarida yana 15 ta medal — törtta oltin, törtta kumuş va yettita bronza medalini qölga kiritdi. Ikki ğalaba rekordlar bilan birga qayd etildi. Bu haqda Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi xabar berdi.
Ayollar örtasida disk uloqtiriş böyiça F40 toifasida Madina Muxtorova 25,59 metr natija körsatib, Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi va oltin medalni qölga kiritdi. Avvalroq u uşbu öyinlarda yadro uloqtiriş böyiça ham ğolib bölgan edi. Faroğat Muhammadqulova 21,25 metr natija bilan uçinçi örinni egalladi. Kumuş medal BAA sportçisiga nasib etdi.
F41 toifasida disk uloqtiriş böyiça özbekistonlik sportçilar birinçi va ikkinçi örinlarni egalladi. Navröza Ahmadova 30,11 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritib, Osiyo rekordini örnatdi. Kubaro Hakimova esa 25,05 metr natija bilan ikkinçi böldi. Bronza medali Xitoy vakiliga nasib etdi.
Parasuziş böyiça Özbekiston terma jamoasiga ikkita oltin medal keltirildi. Erkaklar örtasida S13 toifasida 50 metrga erkin usulda suziş musobaqasida Yegor Bolotov 24,39 soniya natija bilan birinçi bölib marraga yetib keldi. Ayollar örtasida xuddi şu masofada Mubinabonu Xalilova 28,04 soniya natija körsatib, çempionlikni qölga kiritdi. Muslima Odilova 28,66 soniya natija bilan bronza medaliga sazovor böldi. Ikkinçi örinni Yaponiya sportçisi egalladi. S8 toifasida 100 metrga orqa usulda suziş finalida Azizbek Böynazarov 1 daqiqa 7,93 soniya natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi.
Erkaklar örtasida T36 toifasida uzunlikka sakraş musobaqasida özbekistonlik yengil atletikaçilar ikkita medal oldi. Doston Qahhorov 5,44 metr natija bilan kumuş, Izzat Turgunov esa 5,42 metr natija bilan bronza medaliga ega böldi. F42/63 toifasida yadro uloqtiriş musobaqasida Muhammad Rixsimov 13,77 metr natija körsatib, uçinçi örinni egalladi.
Özbekistonlik yengil atletikaçilar 400 metrga yugurişda yana ikkita bronza medalini qölga kiritdi. T47 toifasida Marufjon Murodulloyev 50,03 soniya natija bilan uçinçi bölib marraga yetib keldi. T11 toifasida esa Urgançbek Egamnazarov yölboşçi hamrohi Sardor Baxtiyorov bilan birga masofani 52,99 soniyada bosib ötdi.
Parapauerlifting böyiça ham Özbekiston terma jamoasi ikki medal bilan taqdirlandi. Ayollar örtasida 86 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Orzigul Örolova 136 kilogramm natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi. Erkaklar örtasida 107 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Ilhom Halimov 223 kilogramm kötarib, bronza medaliga sazovor böldi.