Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar strategik şeriklikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş, şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida özaro savdo hajmini oşiriş va istiqbolli qöşma loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni yana-da çuqurlaştiriş hamda ikki mamlakat örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) doirasidagi hamkorlik alohida muhokama mavzusi böldi. Suhbatdoşlar Özbekiston va Pokistonning 2026–2027 yillarda taşkilotning tegişli organlariga raislik qilişi, şuningdek, bölajak tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almaşdi.
Baxtiyor Saidov va Muhammad Is’hoq Dar, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti va Islom hamkorlik taşkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari böyiça fikr almaşdi. Suhbat davomida mintaqaviy vaziyatga oid masalalar ham kötarildi.
Muloqot yakunida tomonlar siyosiy muloqot va özaro qöllab-quvvatlaş asosida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişni davom ettirişga tayyor ekanini tasdiqladi.