Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) Özbekiston iqtisodiyotining 2026 yildagi ösiş prognozini 6,8 foizdan 7,8 foizga oşirdi. 2027 yilda esa jamğarma yalpi içki mahsulot (YAIM) ösişi taxminan 6,5 foizgaça sekinlaşişini kutmoqda.
Yangilangan baholarni XVJning Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze Markaziy bankda Kavkaz va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida ma’lum qildi.
«Joriy yilning örtalarida iqtisodiy ösişni prognoz qilganimizda, körsatkiç 6,8 foizni taşkil etgan edi. Biroq oktyabr oyida e’lon qilgan World Economic Outlook nomli sönggi hisobotimizda ösiş prognozi 7,8 foiz etib belgilandi», — dedi Gvenetadze.
Uning sözlariga köra, prognozning qayta körib çiqilişi yilning dastlabki töqqiz oyida iqtisodiy faollik körsatkiçlari kutilganidan yuqori bölgani bilan boğliq.
Markaziy bank raisining örinbosari Nodirbek Açilovning ma’lum qilişiça, yanvar–sentyabr oylarida Özbekiston YAIMi 8,3 foizga ösgan. Oltin eksportini hisobga olmaganda, uşbu davrda eksport hajmi 32 foizga oşgan.
Inflyatsiya asta-sekin pasaymoqda
XVJ baholaşiça, içki talab yuqori bölişiga qaramay, Özbekistonda inflyatsiya pasaymoqda. 2025 yil oxirida inflyatsiya 7,3 foizni taşkil etgan bölsa, oktyabr oyi oxiriga kelib yillik hisobda taxminan 6,5 foizgaça sekinlaşgan.
Şu davrda bazaviy inflyatsiya ham 5,7 foizdan 5,6 foizga tuşgan.
Gvenetadze inflyatsiyaning pasayişini milliy valyutaning mustahkamlanişi va Markaziy bankning qat’iy pul-kredit siyosati bilan boğladi.
Jamğarma 2027 yilda inflyatsiya 5 foiz darajasida bölişini prognoz qilmoqda. Bu körsatkiç Markaziy bankning maqsadli möljaliga mos keladi.
XVJ butun mintaqadagi prognozlarni qayta körib çiqmoqda
Prognozlarning oşirilişi faqat Özbekistonga taalluqli emas. XVJning Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori yordamçisi Roberto Kardarellining sözlariga köra, jamğarma 2021 yil oktyabridan buyon har bir qayta körib çiqişda Kavkaz va Markaziy Osiyo uçun iqtisodiy ösiş prognozlarini oşirib kelmoqda.
«Prognoz xatolarimiz doimo bir xil yönalişda bölayotgani ança ğalati. Agar siz har doim bir tomonga xato qilayotgan bölsangiz, demak, mintaqani baholaşda töliq hisobga olinmayotgan qandaydir omil mavjud», — dedi Kardarelli.
Uning taxmin qilişiça, 2027 yil aprel oyida XVJ mintaqa uçun iqtisodiy ösiş prognozini yana oşirişi mumkin.
Jamğarma missiyasi 16 noyabrdan iş boşlaydi
Duşanba, 16 noyabr kuni XVJ missiyasi Özbekistonda öz işini boşlaydi. Yangilangan prognozni noyabr oyi oxirida press-reliz orqali e’lon qiliş rejalaştirilgan.
«Men oldindan ma’lumot bermoqçi emasman, ammo katta özgarişlarni kutmayapmiz. Şunga qaramay, ayrim özgarişlarni körişingiz mumkin», — dedi Gvenetadze.
Jamğarma vakillarining fikriça, hozir Özbekistonda keyingi islohotlarni amalga oşiriş uçun qulay davr yuzaga kelgan.
Ularning baholaşiça, mamlakat raqobatbardoşlikni oşiriş uçun mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanişi zarur. Yana bir muhim vazifa esa soni ortib borayotgan yoş aholi uçun yangi iş örinlarini yaratişdan iborat.