Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Noyabr oyida Özbekistonning uçta şahrida taqvimning tegişli sanasi uçun kuzatilgan eng yuqori havo harorati rekordlari yangilandi.
Toşkent, Buxoro va Navoiyda qayd etilgan körsatkiçlar 1981 va 1992 yillarda örnatilgan avvalgi rekordlardan yuqori böldi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Toşkentda harorat rekordi 6 noyabr kuni yangilandi. Havoning eng yuqori harorati 26,9 darajani taşkil etdi. Bu mazkur sana uçun avvalgi körsatkiçdan 0,5 daraja yuqori. 1981 yilda termometr ustuni 26,4 darajagaça kötarilgan edi.
Qolgan ikki rekord 8 noyabr kuni qayd etildi. Navoiyda havo harorati 30 darajagaça kötarilib, 1992 yilgi körsatkiçdan 1,3 darajaga oşdi. Öşa yili eng yuqori harorat 28,7 darajani taşkil etgan.
Buxoroda ham şu kuni harorat 30,6 darajaga yetdi. Bu 1992 yilda qayd etilgan avvalgi rekord — 29,5 darajadan 1,1 daraja yuqori.
Şunday qilib, Toşkentda 45 yil avval, Buxoro va Navoiyda esa 34 yil avval örnatilgan rekordlar yangilandi. Bunda gap noyabr oyidagi mutlaq harorat rekordlari haqida emas, balki muayyan taqvim sanalarining eng yuqori harorat körsatkiçlari haqida bormoqda.
Avvalroq Özgidromet 9 noyabrdan boşlab Özbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi haqida ogohlantirgan edi.
Keyingi kunlarda yomğir yoğişi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi, şimoliy va toğli hududlarda esa qor yoğişi kutilgan. Şuningdek, havo harorati sezilarli darajada pasayişi prognoz qilingan.