7
Iqtisod

Özbekistonda Farğona kanali orqali ötuvçi köprik qurilişi yakunlanmoqda

Özbekistonda Farğona kanali orqali ötuvçi köprik qurilişi yakunlanmoqda
Özbekistonda Farğona kanali orqali ötuvçi köprik qurilişi yakunlanmoqda / Foto: Farğona viloyati hokimligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida Qirğiziston çegarasiga olib boruvçi D 128 avtomobil yölida Farğona kanali orqali ötuvçi köprikni rekonstruksiya qiliş işlari yakunlanmoqda. Yangilangan inşootni yaqin kunlarda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

Quriliş-ta’mirlaş işlari «Uçqörğon — Böston — Qirğiz Respublikasi çegarasi» davlat ahamiyatidagi D 128 avtomobil yölida olib borilmoqda. Uşbu yöl «Uçqörğon — Kengsoy» bojxona postiga olib boruvçi transport qatnovini ta’minlaydi.

Avvalgi eni 9 metr bölgan köprik örniga eni 15 metrlik zamonaviy inşoot barpo etilmoqda. Bu transport vositalari harakati uçun imkoniyatlarni kengaytirişga xizmat qiladi.

Köprikda asfalt yotqiziş işlari allaqaçon yakunlangan. Ayni paytda inşootni foydalanişga topşirişga tayyorlaş işlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, mazkur yönalişda avtomobil yölini ta’mirlaş va kengaytiriş işlari ham yakunlanmoqda. Işlarni Uçqörğon tumani avtomobil yöllaridan foydalaniş davlat muassasasi amalga oşirmoqda.

Yöl ta’mirlaş işlarini ham yaqin kunlarda töliq yakunlaş kutilmoqda. Şundan söng yangilangan yöl ham foydalanişga topşiriladi.

Köprikni rekonstruksiya qiliş va avtomobil yölini ta’mirlaş çegaraoldi hududida transport qatnovini yengillaştirişi kutilmoqda. Yangilangan infratuzilma yölovçi va yuk taşiş uçun qöşimça qulayliklar yaratadi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.